Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan karantin cheklovlari bekor qilingani haqidagi xabarlar haqiqatga zid, deya ma’lum qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi. SSV ma’lumotlariga ko‘ra, cheklovlar ma’lum muddatga emas, balki epidemiologik vaziyat barqarorlashgunga qadar joriy etilgan.
Prezident farmoni bilan yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish Maxsus komissiyasi va uning hududiy komissiyalari tashkil etilmoqda. Davlat idora va tashkilotlarida komplayens-nazorat tizimi joriy etiladi. Jarayonlar OAVda keng yoritiladi.
1 oktyabrdan boshlab O‘zbekiston karantin va sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilgan holda havo, temir yo‘l va avtomobil transporti orqali mamlakatga kirish va chiqishda cheklovlarni bekor qilmoqda.
Maxsus komissiya pandemiya bilan bog‘liq vaziyat sababli mamlakat aholisini Mustaqillik bayramini uyda o‘tkazishga chaqirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting